Gvardiola o‘z shogirdining kelajagiga oydinlik kiritdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kelven Fillipsning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«U qolishga qaror qildi. Klub unga qisqa o‘yin vaqti bermoqchiligi haqida gapirdi, ammo u qolishini aytdi.

U tez orada otaga aylanadi, shuning uchun u ketishni istamaydi», – deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

27 yoshli futbolchi o‘tgan yozda «Siti» lageriga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda bor yo‘g‘i uchta o‘yinda qatnashib, jami 52 daqiqa o‘ynadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter