«Nyukasl» argentinalik yarim himoyachiga ko‘z tikkan

«Nyukasl Yunayted» yangi yarim himoyachi sotib olmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, «Sautgempton» futbolchisi Karlos Alkaras «qarg‘alar» radariga tushgan. 20 yoshli argentinalik futbolchiga yoz davomida taklif berilgan.

Eddi Xau uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Alkaras o‘tgan mavsumda APL doirasidagi bahslarda 4 ta golga mualliflik qilgandi. U «Resing»dan 12 million funtga xarid qilingan.

Manba: bbc.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter