«MYU» Sanchoning narxini kamaytirishi mumkin
«Manchester Yunayted» Jeydon Sancho bilan hamkorlikni tugatish niyatida. Futbolchi qishda jamoani tark etishi mumkin. “Qizil iblislar” 23 yoshli futbolchining narxini pasaytirishga qarshi emas.
Avvalroq Sanchoga «mankunianliklar»ning asosiy jamoasi bilan ishlash taqiqlangandi. Sababi, futbolchi ten Xagni tanqid qilgan, lekin ustozidan kechirim so‘ramagan.
Sancho bu mavsumda deyarli maydonga tushmadi. Futbolchi atigi uch marta zaxiradan maydonga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/