«Chelsi» egasi Pochettino istagini bajo keltirishga tayyor

«Chelsi» egasi yangi darvozabon xaridini istaydi. Xabarlarga ko‘ra, agarda Maurisio Pochettino xohlasa, Todd Boeli unga «Arsenal» futbolchisi Aaron Ramsdeylni olib berishi mumkin. Mikel Arteta 25 yoshli darvozabonni «Everton»ga qarshi zaxirada qoldirgan edi.

Bu esa «Bavariya» va «Chelsi»ning e’tiborini tortdi. Ayni damda ikki gigant jamoa Ramsdeyl atrofidagi vaziyatni jiddiy kuzatmoqda. Ammo «Arsenal» o‘z posbonini sotish niyatida emas ekanini bildirgan.

Manba: newsnow.co.uk

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter