Allegri A Seriya favoritini aytdi

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionligi uchun kurashda favoritlar haqidagi savolga javob berdi.

«Odatda favorit o‘tgan yili Skudettoni qo‘lga kiritgan jamoa bo‘ladi. Demak, favorit – «Napoli».

Ularda Osimxendek o‘yin muvozanatini o‘zgartira oladigan muhim futbolchi bor.

«Napoli» favorit bo‘lib qolmoqda, undan keyin «Milan» va «Inter» juda yaxshi qurollangan. Biz eng yaxshi formamizni ko‘rsatishga tayyor bo‘lishimiz kerak. Mavsum uzoq bo‘ladi», – dedi Allegri.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter