Liviyadagi suv toshqinda besh nafar futbolchi halok bo‘ldi
Liviyada «Daniel» bo‘roni keng ko‘lamli suv toshqini keltirib chiqardi, eng ko‘p zarar ko‘rgan Derna shahri bo‘ldi.
Liviya futbol federasiyasining ma’lum qilishicha, falokat natijasida mamlakat elit divizionida to‘p surgan to‘rt nafar futbolchi – Shoxin Al-Jamil, Monder Sadakiy va aka-uka Solih va Ayuba Sasilar halok bo‘lgan. BBC Sport Africa nashrining xabar berishicha, halok bo‘lgan beshinchi futbolchi – Ibrohim Al-Kaziri.
Mahalliy «Darnes» jamoasining stadioni jiddiy shikastlangan.
Shuningdek, federasiya jahon chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yaqin kunlarga rejalashtirilgan o‘yinlarni to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi.
Liviyadagi bir qator klublar toshqin qurbonlariga yordam berish uchun gumanitar tashabbuslarni amalga oshirdi, jumladan, jabrlangan hududlarga asbob-uskunalar va oziq-ovqat kolonnalarini jo‘natishdi.
Derna meri Abdulmanam al-Gayiti jabr ko‘rganlar soni 18 mingdan 20 minggacha yetishi mumkinligini aytdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 8 mingdan oshadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/