Leau: «O‘zimni xudbin o‘yinchi deb hisoblamayman»
«Milan» hujumchisi Rafael Leau o‘zining o‘yin uslubi haqida gapirdi.
“Rossonerilar” hujumchisi jamoaga o‘tgan tur uchrashuvida “Roma”ni (2:1) mag‘lub etishga yordam berdi. «Inter» bilan derbi arafasida portugaliyalik jurnalistlar bilan o‘z o‘yinini muhokama qildi.
«Ilgari buyuk futbolchilarga tegishli bo‘lgan 10-raqamni kiyganimdan juda xursandman. Buning uchun vaqt keldi va men nimaga qodir ekanimni ko‘rsata olaman deb o‘yladim.
Men o‘zimni xudbin o‘yinchi deb hisoblamayman, chunki zarba berish yoki pas berishdan oldin har doim vaziyatga baho beraman. Men uchun jamoadoshlarimdan biri qulay holatda ekanligiga ishonch hosil qilish har doim muhim», – deya Leau so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/