JCH-2026 saralash. Braziliya minimal hisobda Peruni mag‘lub etdi

Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralash bahsida Peruni mag‘lub etdi (1:0). Uchrashuv Limadagi «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasidagi yagona golni hujumchi Neymarning uzatmasidan so‘ng braziliyalik himoyachi Markinyos kiritdi.

Braziliyaliklar 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peruliklar 7-o‘ringa tushib ketdi (1 ochko).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter