Portugaliya terma jamoasi himoyachisi: «Ishlashda davom etishimiz kerak»

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Gonsalo Inasiu Yevro-2024 saralash bosqichi doirasidagi Lyuksemburgga (9:0) qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

“Biz o‘yinga yaxshi kirisha oldik. Ikki marta gol urdim, bu mening terma jamoadagi ilk gollarim edi. Men juda xursandman, lekin ishlashda davom etishimiz kerak. Ushbu yig‘in davomida biz to‘rtta bilan himoyalanishni mashq qildik, men esa yaxshi moslashishga muvaffaq bo‘ldim», – deya Inasiu so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter