Germaniya terma jamoasining yangi sardori ma’lum bo‘ldi

«Barselona» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Germaniya terma jamoasi sardori etib tayinlandi.

«Men sardorlik bog‘ichini Gyundoganga berishga qaror qildim. U Yozua Kimmix bilan yetakchiga aylanadi. Ikkalasi ham shunday mas’uliyatni olganidan juda xursandman. Bu ularga ko‘proq kuch beradi», – dedi Germaniya bosh murabbiyi Xansi Flik matbuot anjumanida.

Avvalroq Germaniya terma jamoasi sardori «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer edi, u o‘tgan yildan beri jarohati sabab maydonga tushmayapti.

Gyundogan milliy terma jamoa safida 67 ta uchrashuvda 17 ta gol urgan. 32 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter