Formula 1 vakili «Real»ga yoshligidan muxlislik qiladi

Formula 1’ning mashhur yulduzlaridan biri Fernando Alonso nima uchun «Real Madrid»ga muxlislik qilishi haqida gapirdi.

«Nega men «Real»ni qo‘llab-quvvatlayman? Chunki u g‘alabaga xos klub. To‘g‘risi, men bolaligimdan «Real Madrid»ga muxlislik qilaman. Otam ularning muxlisi edi, men ham muxlis bo‘ldim. Men bolaligimda «Real»ga oshiq bo‘lganman», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Marca.

Alonso 2022 yildan buyon «Aston Martin»da faoliyat yuritadi. Ilgari u «Alpin», «Ferrari», «Maklarena», «Reno» va «Minardi»da bosh rolni bajargan.

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasining 4-turidan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter