«Chelsi» yangi transferni 53 million funtga kelishib oldi
«Chelsi» «Sautgempton» yarim himoyachisi Romeo Laviya transferiga rozi bo‘ldi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, London klubi 19 yoshli belgiyalik uchun 53 million funt to‘laydi. Bitim summasi bonus to‘lovlarini hisobga olgan holda 58 million funt sterlingga etadi.
Shu hafta futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchi 14 avgust dushanba kuni «Chelsi»ga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Laviaga «Liverpul» ham da’vogarlik qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/