Flik Germaniya terma jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning istiqbollari haqida gapirdi.

“Bizning rejamiz bor va sizni ishontirib aytamanki, biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘tgan haftalarda men futbolchilar bilan ko‘p suhbatlashdim, ular bilan ularning rollari, kelajagini muhokama qildim. Bu suhbatlar menga ishonch bag‘ishladi – jamoa vaziyatni tushundi. Biz burilish nuqtasidamiz. Natijalar ajoyib emas edi, lekin biz foydali tajribaga ega bo‘ldik, oldinga qadam tashladik», – deya Flikdan iqtibos keltiradi Sportbuzzer.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter