«Manchester Yunayted» himoyachisi Xurado «Espanyol»ga o‘tdi

«Espanyol» «Manchester Yunayted» himoyachisi Mark Xuradoni o‘z safiga qo‘shib oldi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

19 yoshli ispaniyalik bilan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Xurado 2020 yildan buyon “Manchester Yunayted”ning yoshlar jamoasida o‘ynab kelmoqda edi. Futbolchi barcha musobaqalarda 86 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 11 ta golga assistentlik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter