Jokovich US Open’dan keyin dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo‘ladi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich AQSH ochiq chempionati (US Open) startida fransiyalik Aleksandr Myullerni mag‘lub etdi.

Birinchi davra bahsi 1 soat 36 daqiqa davom etdi va 6:0, 6:2, 6:3 hisoblari bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Jokovich keyingi bosqichga yo‘l oldi va u yerda ispaniyalik Bernabe Sapata-Miralles bilan o‘ynaydi.

Shu bilan birga, 36 yoshli serb yilning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri yakunlariga ko‘ra Professional tennischilar uyushmasi reytingining birinchi qatoriga qaytishini kafolatladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter