Gvardiola «GAI» xodimiga hazil qildi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yo‘l harakat xavfsizligi inspektorini masxara qildi.

21 avgust kuni ispaniyalik murabbiy Manchesterda mashinani noto‘g‘ri joyga qo‘ygani uchun jarimaga tortildi.

Muammoni hal qilgach, yo‘l inspektori murabbiydan birgalikda suratga tushishni so‘radi.

«Fotosurat olishni xohlaysizmi? Buning uchun siz pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi!» – deya hazillashdi Gvardiola.

Premyer-liganing ikki turidan so‘ng «Manchester Siti» 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter