Gvardiola Saudiyadan shikoyat qilayotganlarning o‘zini aybladi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda Saudiya Arabistoni klublarining yirik xaridlari haqida gapirdi.
«Hamma Saudiya Arabistonidan noliydi, lekin ularning klublari eshikni taqillatganda, Yevropa klublari o‘z qo‘llari bilan eshikni ochmoqda.
Ular «Sizga nima kerak, do‘stim? Kerak bo‘lsa, hammasini sotaman!», qabilida ish tutmoqda. Bularga shikoyat qilayotganlarning o‘zi aybdor», – deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Echo.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/