Mendi yangi klubida ham halovat topa olmayapti
Himoyachi Benjamen Mendi yaqinda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha barcha ayblovlardan oqlandi.
Oradan ko‘p o‘tmay futbolchi o‘ziga klub topdi – Mendi «Loryan» bilan shartnoma imzoladi. Biroq bu klub muxlislari Benjamenni jamoada ko‘rishdan xursand emas.
Bir kun oldin ular o‘zlarining qattiq pozisiyalarini ifoda etgan bannerlarni osib qo‘yishdi.
«Stadionlarimizda zo‘rlovchilarga joy yo‘q», «Futbol olami o‘z safini tozalasin» kabi yozuvlar tushirilgan bannerlar muxlislar tomonidan namoyish etildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/