«Manchester Yunayted» futbolchisi Londonga yo‘l oladi
«Manchester Yunayted» futbolchisi Saudiyaga bormaydi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa bilan shartnomani tugatgan himoyachi Erik Bayi «Al-Nasr» bilan muzokara olib borgan. Ammo bu jarayon omadsiz tugagan.
Shu sabab ivuarlik futbolchi «Fulxem»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bayi 2024 yilda erkin agentga aylanishi kerak edi. Uning bitimi haftasiga 80 ming funt maoshni ko‘zda tutardi. Agarda «Fulxem»ga o‘tmoqchi bo‘lsa, Bayi kamroq maoshga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Manba: bbc.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/