«Manchester Siti» xavbeki jamoada qoladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UYEFA Superkubogida «Sevilya» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yarim himoyachi Koul Palmerni ijaraga bermoqchi emasligini aytdi.

21 yoshli angliyalik futbolchi asosiy vaqtda inglizlar jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

«Palmer ketmoqchi edi, lekin hozir nima bo‘lishini bilmayman. Menimcha, ijara varianti bo‘lmaydi.

U qoladi. Uning o‘ziga xos xarakteri bor. Akunyadek futbolchilarga qarshi o‘ynash oson emas. Bu oson emas, bu final.

U yosh futbolchi va juda yaxshi o‘ynadi va ajoyib gol urdi», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan Manchester Evening News.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter