«Liverpul» Laviya masalasida «Chelsi»ni mag‘lub etmoqchi

«Sautgempton» futbolchisi uchun kurash avjiga chiqqan. Xabarlarga ko‘ra, Romeo Laviya uchun «Chelsi» 50 million funtdan ortiq taklif etgan. Ammo transferni yakunlash uchun «Liverpul» 19 yoshli yarim himoyachi evaziga 55 million funtlik taklif kiritadi.

Laviya o‘tgan yozda 14 million funtga «Manchester Siti»dan xarid qilingandi. U o‘tgan mavsumda 35 ta bahsda 1 ta gol va 1 ta assist qayd  etgan.

Manba: bbc.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter