Zoff: «Skudetto uchun to‘rtta klub kurashadi»

Italiyalik afsonaviy darvozabon Dino Zoff chempionlik uchun bo‘lajak kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tgan yilga nisbatan men to‘rtta klub o‘rtasida ancha shiddatli kurash bo‘lishini kutyapman. Jang bo‘ladi. Ayniqsa, Osimxen qolsa, «Napoli» yetakchi bo‘lib qolmoqda. Uning ortida «Yuventus» va Milanning ikkala klubi turibdi», deya Zoff so‘zlaridan iqtibos keltiradi fcinter1908.it.

Italiya chempionati shu hafta oxirida boshlanadi, birinchi o‘yinlar o‘n to‘qqizinchi avgustda bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter