«MYU» «Barselona»ning sobiq futbolchisiga ko‘z tikmoqda

«Manchester Yunayted» «Nissa» himoyachisi Jan-Kler Todiboga qiziqish bildirmoqda.

Premyer-liga klubi agar Xarri Maguayr ketsa, «Barselona»ning sobiq markaziy himoyachisini sotib olmoqchi.

Avvalroq, «Yuventus» 23 yoshli fransiyalik futbolchiga da’vo qilgan edi, ammo keyinchalik bu kurashdan chiqdi.

O‘tgan mavsumda Todibo 46 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter