«Fulxem» himoyachisi «Tottenxem»ga o‘tishdan bosh tortdi

«Fulxem» himoyachisi Tosin Adarabioyo «Tottenxem»ga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar beradi The Sun.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli angliyalik futbolchi «shporlar»ning taklifini rad etgan va «Monako»ga o‘tmoqchi.

Adarabioyo o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter