Boks. Floyd Meyvezer 19 dekabr kuni Tailandda jang o‘tkazishini e’lon qildi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 19 dekabr kuni Tailandda Mett Floydga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishini ma’lum qildi.
«2027 yil fevral oyida Rayan Garsiya bilan ringga ko‘tarilishimizdan oldingi kichik qizishish», — deb yozdi Meyvezer ijtimoiy tarmoqlarda.
49 yoshli Meyvezer hisobida 50 ta jangda 50 ta g‘alaba bor. 37 yoshli Mett Floyd esa faoliyati davomida 15 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/