«Aston Villa» Lindelyof bo‘yicha qaror qabul qildi
«Aston Villa» himoyachi Viktor Lindelyof bilan shartnomani uzaytiradi.
Shvesiyalik futbolchining avvalgi kelishuvi 2027 yil yozida yakunlanishi kerak edi. Biroq Birmingem klubi uning erkin agentga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Transfermarkt portali Lindelyofning transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, himoyachi uzoq yillar «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan va 2025 yilda «Aston Villa»ga o‘tgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/