Gabriel Jezus sobiq klubiga qaytishi mumkin
«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus Braziliyaga qaytishi mumkin. Nosso Palestra nashrining xabar berishicha, «Palmeyras» forvardni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor va u bilan aloqada bo‘lib turibdi. Biroq futbolchi «Arsenal»dagi kelajagi noaniq bo‘lishiga qaramay, kamida yana ikki yoki uch yil Yevropa futbolida qolishni niyat qilgan.
Shuningdek, Jezusning xizmatlariga «Atletiko» va «Milan» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Gabriel Jezus «Palmeyras» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilda «Manchester Siti»dan «Arsenal»ga 52 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda Jezus London klubi safida barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
