«Monsa» A Seriyaga qaytishga yaqin turibdi
«Monsa» futbol klubi Italiya futboli elitasi — A Seriyaga qaytish uchun hal qiluvchi qadamni tashladi. Lombardiya vakillari pley-off bosqichi doirasida «Katanzaro» darvozasiga ikkita javobsiz to‘p kiritib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Endilikda jamoaga A Seriya yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun javob bahsida ushbu ustunlikni saqlab qolish kifoya qiladi. Eslatib o‘tamiz, «Monsa» 2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra oliy ligani tark etgan edi. B Seriya muntazam chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan jamoa (to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun bir pog‘ona yetmagandi), hozirda o‘z maqomini pley-off o‘yinlarida munosib isbotlamoqda.
Jamoaning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari Andrea Petanya hisoblanadi. Ushbu hujumchi hisobida ayni damda 9 ta gol bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
