«Liverpul» Slot davrida mavsumdagi mag‘lubiyatlar bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

Angliya Premyer-ligasi 37-turida «Liverpul» safarda «Aston Villa»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu natijadan keyin mersisaydliklar klub tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi.

Anything Liverpool sahifasi ma’lumotiga ko‘ra, bu «Liverpul»ning joriy mavsum barcha musobaqalardagi 20-mag‘lubiyati bo‘ldi. Shu tariqa Arne Slot klub tarixida bir mavsumda 20 va undan ortiq o‘yinda yutqazgan ilk bosh murabbiyga aylandi.

Avvalgi antirekord ispaniyalik mutaxassis Rafael Benitesga tegishli edi. U «Liverpul» bilan 2004/2005 va 2009/2010 mavsumlarida 19 tadan mag‘lubiyat qayd etgan.

Joriy mavsumda «qizillar»:

— APLda 12 ta,
— Chempionlar ligasida 5 ta,
— Angliya Kubogida 1 ta,
— Angliya Ligasi Kubogida 1 ta,
— mamlakat Superkubogi bahsida 1 ta mag‘lubiyatga uchradi.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter