«Salernitana» antirekord o‘rnatdi

«Salernitana» bu mavsum A Seriyada hali g‘alaba qozona olmagan ikkita klubdan biri bo‘lib qolmoqda – ikkinchisi «Udineze».

Jamoa shanba kuni «Napoli»ga mag‘lub bo‘ldi va Italiya chempionatidagi g‘alabasiz seriyasi hozirda o‘n ikkita o‘yinga yetdi.

«Salernitana» Italiya futboli oliy ligasida hech qachon g‘alabasiz bunchalik uzoq seriya o‘tkazmagandi.

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Salernitana» safarda «Sassuolo»ga qarshi o‘ynaydi, bu 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter