Xavi o‘ziga o‘xshash uch nafar futbolchini aytdi
«Barselona»ning afsonaviy sobiq futbolchisi va murabbiyi Xavi Ernandes zamonaviy futbolchilardan kimlar uning o‘yin uslubini yodga solishini aytib o‘tdi.
Sobiq yarim himoyachi kutilganidek «ko‘k-anorranglilar»ning ayni damdagi yulduzi Pedrini qayd etdi, shuningdek, «Liverpul» a’zosi, argentinalik Aleksis Mak Allister hamda «PSJ» vakili, portugaliyalik Vitinyani ham tilga oldi.
«Pedri, Mak Allister va Vitinya hammadan ko‘ra ko‘proq meni yodga soladi. Ular o‘yinni juda yaxshi tushunishadi. Ularning har bir uzatmasi — ongli harakat va to‘pni oshirish paytidayoq keyingi qadamni o‘ylab qo‘yishadi. Bu shunchaki pas berish uchun pas berish emas», — dedi Xavi Romarioga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis futbolchilik faoliyatini 2019 yilda yakunlagan edi. «Barselona» bosh murabbiyligi lavozimini esa ikki yil oldin, 2024 yilning may oyida tark etgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
