Arbeloa «Bavariya» bilan bahsda kambekka ishonmoqda
Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechadigan javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘z maydonidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng madridliklar qiyin holatda qolishgan. Shunga qaramay, klub ichidagi manbalarning ta’kidlashicha, Alvaro Arbeloa va uning shtabi yarim finalga chiqish imkoniyatiga to‘liq ishonishmoqda.
«Real» murabbiylar shtabi tahlil va tayyorgarlik jarayonini qizg‘in olib bordi. «Qaymoqranglilar» jamoa muvaffaqiyatga erisha olishiga shubha qilishmayapti.
«Hamma narsa futbolchilarning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi», — deya qayd etgan «Real» ichidagi manbalar.
«Bavariya» — «Real» uchrashuvi chorshanba, 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (16 aprelga o‘tar kechasi) boshlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
