Keyn «Uembli»dagi Chempionlar ligasi finali haqida: «Men uchun kubok yutishdan yaxshiroq joy yo‘q»

Myunxenning “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn “Arsenal” bilan Chempionlar ligasi 1/4 finali javob o‘yini oldidan, turnir finali Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlar ligasi finalida «Uembli»da o‘ynash mumkin va bu tez-tez sodir bo‘lmaydi. Bu yerda men Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga harakat qilmoqchiman. Men uchun bu kubokni yutib olishdan yaxshiroq joy yo‘q», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi TNT Sports.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 2:2 hisobida yakunlangandi. Javob uchrashuviga kelsak, u bugun, 17 aprelga belgilangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter