«Yuventus» yarim himoyachisi jamoadagi kelajagi bo‘yicha bayonot berdi
Turinning «Yuventus» klubi amerikalik yarim himoyachisi Ueston Makkenni jamoada qolishga umid qilayotganini, ammo klub bilan yangi shartnoma taqdiri uning agentlari qo‘lida ekanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Luchano Spalletti qo‘l ostida «Yuventus»da baxtli, futbolchi uni ajoyib murabbiy deb atadi.
«Yuventus»da qolishga umid qilaman. Ammo vaziyatni agentlarimga topshirdim. Men bu yerda Spalletti bilan baxtliman, u ajoyib murabbiy,» – deya Makkenining so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.
27 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Uning bozor qiymati 22 mln yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
