Amorim: «Yoroning hamma narsani to‘g‘ri qilish istagi juda katta»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa himoyachisi Leni Yoro haqida fikr bildirdi.

«Men u bilan gaplashdim, chunki u xato qiladi, lekin kurashishda davom etadi. Uning hamma narsani to‘g‘ri bajarishga xohishi juda katta. U o‘yinlar va muvaffaqiyatsizliklar tufayli o‘sadi, bu yosh yigit uchun oson emas,» – deya Amorimning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 20 yoshli Yoro 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter