Ferdinand Yoroni «MYU»ga o‘tishida muhim rol o‘ynadi
«Manchester Yunayted»ning yangi futbolchisi Leni Yoro «qizil iblislar» afsonasi Rio Ferdinandning transferidagi o‘rni haqida gapirdi.
«Manchester Yunayted» o‘tgan hafta Yoroni «Lill»dan 59 million funt sterlingga sotib oldi. 18 yoshli fransiyalik futbolchi “Reynjers”ga qarshi mavsumoldi o‘yinida ishtirok etib, “iblislar” safida debyut qildi.
Ferdinand Yoroga «Manchester Yunayted» qanday ekanligini yaxshiroq bilishga yordam berdi. Lenining so‘zlariga ko‘ra, Rioning o‘zi tashabbusni o‘z qo‘liga olgan va unga qo‘ng‘iroq qilgan.
«Bu taxminan ikki hafta oldin (Yoro birinchi marta Ferdinand bilan gaplashganida) ro‘y berdi. U menga qo‘ng‘iroq qildi.
Avvalo, u bilan suhbatlashganim meni hayratda qoldirdi. Ha, dastlabki 10 daqiqada biz «Manchester Yunayted» haqida gaplashdik, shuning uchun u menga tanlovimni amalga oshirishimga yordam berdi. U bilan suhbatlashish sharaf edi.
U men bilan klub va klubning katta tarixi haqida gapirdi. Agar bu yerga kelsam, klub uchun kurashishim va tayyor bo‘lishim kerakligini aytdi, chunki u dunyodagi eng katta klub. Bu men uchun juda yaxshi bo‘ldi» – dedi Yoro Evening Standard bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/