Kamavinga «Real» kiyinish xonasidagi muammolar haqidagi savolga javob berdi
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoadagi keskin muhit haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
So‘nggi vaqtlarda matbuotda bosh murabbiy Xabi Alonso «qaymoqranglilar»ning bir qator futbolchilari bilan ziddiyatga borgani haqida tez-tez xabarlar tarqalmoqda.
– Kiyinish xonasida muammolar bormi? Bu OAV tomonidan aytilmoqda. Ko‘rib turibmanki, hozir kiyinish xonamiz har qachongidan ham ahilroq. G‘alabalar va murabbiyimiz uchun hamma narsani qilamiz,» – deya Kamavinganing so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
