Kamavinga: «Bellingem bunchalik ko‘p gol uradi deb o‘ylamagandim»

«Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoadoshi Jud Bellingemning o‘yini haqida gapirdi.

«Real»da debyut mavsumini o‘tkazayotgan 20 yoshli angliyalik futbolchi allaqachon 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun futbolchiga «Los Blankos» safida 32 ta o‘yin o‘tkazishi kerak bo‘ldi.

«To‘g‘risini aytsam, bunchalik ko‘p gol uradi deb o‘ylamagandim. U haqiqatan ham hujumchiga xos instinktlarga ega», – dedi Kamavinga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter