«Barsa» yulduzi qaysi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi ma’lum
Biroz avval «Barselona» hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes mashg‘ulotlarda o‘ng oyog‘i boldir mushagidan jarohat olib, ikki haftaga safdan chiqqani xabar qilindi.
22 yoshli futbolchi ushbu jarohati tufayli «Alaves», «Atletiko», «Betis» va «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Fermin 13 dekabrga belgilangan «Osasuna»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
