Madueke «Chelsi»ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi
«Arsenal» vingeri Noni Madueke sobiq jamoasi «Chelsi» bilan bo‘lajak uchrashuvdan nimalar kutayotgani haqida gapirib berdi. Londonning ikki grandi o‘rtasidagi bahs yakshanba kuni «ko‘klar» maydonida bo‘lib o‘tadi.
«Chelsi»ga qarshi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Men sakkiz haftani futbolsiz o‘tkazdim, shuning uchun endi har safar maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman. Bizni chempionatning birinchi jamoasi bilan ikkinchi jamoaning qarama-qarshiligi kutmoqda. «Chelsi» top-darajada, biz ham. Oldinda ajoyib o‘yin bor,» – dedi Maduke Chempionlar ligasida «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) so‘ng.
Futbolchi «Arsenal» safini joriy mavsumning iyul oyida «Chelsi»dan 55 mln yevro evaziga to‘ldirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
