«Yuventus» 472 kun deganda YECHL safar o‘yinida g‘alabaga erishdi
Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan bahsda Italiyaning «Yuventus» klubi safarda Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, «Yuventus» Chempionlar Ligasining joriy mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, turnirdagi holatini o‘ngladi, shuningdek, Yevropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi turnirida uzoq davom etgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Gap shundaki, turinliklar so‘nggi marta 2024 yil 2 oktyabr kuni «RB Leypsig»ga qarshi safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘shandan buyon roppa-rosa 472 kun o‘tdi.
Keyingi turda «Yuventus» o‘z maydonida Kiprning «Pafos» klubini qabul qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
