Valverde: «Juda chidamli bo‘lish kerak»
Ispaniyaning «Atletik» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Chempionlar ligasi doirasida Chexiyaning «Slaviya» klubiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Beshinchi tur o‘yini 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Bizda 4ta o‘yin qoldi, ularning har biri ko‘p narsani talab qiladi. «Slaviya» bilan uchrashuvlar har doim juda qiyin kechadi, u aql bovar qilmaydigan tezlikda o‘ynaydi va shunchaki to‘xtamaydi. Uning futbolchilari doim hujumdan baxt izlashadi va men ularning ustozi ishiga katta hurmat bilan qarayman», – deya Valverdening so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
