«Barselona»ning sobiq murabbiyi «Bavariya»ni boshqarishi mumkin

Myunxenning «Bavariya» klubi yozda «Barselona»ning sobiq murabbiyini bosh murabbiylikka tayinlashi mumkin. Gap hozirda Bilbaoning “Atletik” klubini boshqarayotgan Ernesto Valverde haqida ketmoqda.

Ushbu murabbiy qo‘l ostida basklar joriy mavsumda Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishdi. Valverde jamoasi Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Ernesto haqiqatan ham «Bavariya»ga nomzod. Jamoa Turkiya terma jamoasining sobiq ustozi Stefan Kunsni taklif etish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter