Flik – Reshford haqida: «Hozir u ko‘p tabassum qiladi»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Markus Reshford Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining safar o‘yinida «Chelsi» bilan o‘ynashi mumkinligini aytdi.
«Men juda mamnunman. U shamollashdan keyin qaytdi, lekin endi uning ahvoli yaxshi. Ertaga uning boshlang‘ich tarkibda tushishi yoki zaxiradan maydonga tushishini hal qilamiz. Ammo uning «Barselona»da o‘ynayotganidan xursandman. Men uni kuzatdim. O‘tgan safar «Nyukasl» bilan o‘yin oldidan ham shunday deganman – uning butun faoliyatini kuzatib borganman. Uning o‘yin sifatiga qoyil qoldim: jarima maydoni ichida, darvoza oldidagi harakatlari. «Barselona»da ham u buni ko‘rsatmoqda.
Bu o‘zgarish – Barselonadagi boshqa madaniyatdagi hayot, ajoyib ob-havo, odamlar – men uchun bu juda yoqimli. Hozir u ko‘p jilmayadi. Agar u bizdagi muhitdan zavqlana olsa, bu uning uchun ham juda yaxshi,» – dedi Flik matbuot anjumanida.
28 yoshli angliyalik Reshford 2025/26 yilgi mavsumda Ispaniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
