U-17 JCHda porlagan hujumchini «MYU» va «Chelsi» jiddiy kuzatmoqda

Mali U-17 terma jamoasi vingeri Seydu Dembele Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati doirasida APL grandlari e’tiboriga tushib qoldi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, o‘z terma jamoasi bilan JCH 1/8 finaliga qadar yetib borgan 17 yoshli Dembele turnir davomida 5 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 4 ta assist berdi va «Manchester Yunayted» hamda «Chelsi» kabi klublar qiziqishiga sababchi bo‘ldi.

Dembele Malining «Bamako» klubiga tegishli.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter