Kimmix: «Faoliyatim davomida bunday jismonan baquvvat futbolchini kam uchratganman»
Germaniya terma jamoasi sardori Yozua Kimmix JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Slovakiyaga (6:0) qarshi o‘yindan so‘ng «Galatasaroy» vingeri Leroy Sanega qoyil qoldi.
Nemislar guruhda birinchi o‘rinni egalladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialning final bosqichiga yo‘l oldi.
«Faoliyatim davomida bunday jismonan baquvvat futbolchini kam uchratganman. U har uch kunda ko‘p yugurishi va sprint bilan shug‘ullanishi mumkin. U psixologik jihatdan tayyor bo‘lsa, biz uning nimalarga qodirligini ko‘ramiz. U Slovakiyaga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi va ikkita gol urdi, lekin pressingda ham harakat qildi», – dedi Kimmix nemis OAVga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
