Brunu Fernandesh 9:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 2026 yilgi jahon chempionati saralashining 6-turida Armaniston ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabaga (9:1) munosabat bildirdi.

Fernandesh jamoa ishonchli harakat qilishga va o‘yinni nazorat qilishga intilganini va bu safar portugallar o‘z niyatlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.

– Biz har doim bir xil – ishonch bilan va o‘yinni nazorat qilgan holda g‘alaba qozonishni istaymiz. Bu har doim ham bo‘lavermaydi, lekin bugun biz samarali bo‘ldik va muhim g‘alabaga erishdik. Eng muhimi – natija, u esa shunday: biz jahon chempionatidamiz,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Portugaliya saralash guruhida birinchi o‘rinni egallab, JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter