«Arsenal» himoyachisi safdan chiqdi
Londonning «Arsenal» klubi qanot himoyachisi Rikardo Kalafyori Italiya terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi sonidan jarohat olgan. Kalafyori italiyaliklarning JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda futbolchi klub miqyosida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
