O‘zbekiston – Eron uchrashuvi qachon bo‘lib o‘tadi?
Birlashgan Arab Amirliklarida «Al-Ain Cup» kichik o‘rtoqlik turnirida finalchilar nomi aniq bo‘ldi.
Hal qiluvchi bahsda Misrni mag‘lub etgan (2:0) O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Kabo-Verdedan ustun kelgan Eronga qarshi maydonga chiqadi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi mazkur o‘yin 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00’da «Hazza Bin Zayed» stadionida start oladi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
