Mehdi Taremi: «O‘zbekiston Misrga qarshi sifatli futbol namoyish etdi»
Eron milliy jamoasi markaziy hujumchisi Mehdi Taremi «Al-Ain Cup» turniri doirasidagi O‘zbekiston – Misr o‘yini (2:0) haqida fikr bildirdi.
«O‘zbekiston Misrga qarshi sifatli o‘yin ko‘rsatdi. Misrga qarshi o‘yin biz uchun qiziqroq edi, ammo baribir finalda g‘alaba qozonish uchun hammasini qilamiz», – dedi 33 yoshli eronlik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘yin 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00’da «Hazza Bin Zayed» stadionida start oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
